


- Viloyatda kartoshkachlikni rivojlantirish maqsadida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqot institutida O‘zbekiston-Koreya kartoshka urug‘chiligi markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, - dedi Adiz Boboyev.
- Loyiha doirasida 40x40 metr o‘lchamdagi aqlli gidroponika-issiqxona, invitro-laboratoriyasi, 7 ta 40x6 metr, 18 ta 60x6 va 19 ta 80x6 metrlik Netxauslar qurib bitkazildi. 600 m3 sig‘imli urug‘lik saqlash omborxonasi tashkil etildi. In-vitro laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu loyiha doirasida 2027-yilga borib, yiliga
1,0 mln dona super-elita urug‘lik yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek “Bulung‘ur Agro Star” MCHJ tomonidan Bulung‘ur tumanida kartoshkachilikni rivojlantirish, urug‘chilik tizimini yo‘lga qo‘yish, yuqori hosildor navlar bilan ta’minlash bo‘yicha Niderlandiyaning “Agrico Co.LTD” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, ushbu loyiha bo‘yicha 2026-yilda 6 ming tonna elita urug‘ import qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur urug‘lar asosida 2027-yilga qadar 50 ming tonna (R1) urug‘ va 10 ming tonna iste’mol kartoshka zaxirasi yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.