w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Jomboy tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Jomboy tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi

Tumanning Galakapa qishlog‘idagi sobiq bolalar yozgi dam olish oromgohi o‘rnida davolash-reabilitatsiya markazi barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihaga xorijiy sarmoyadorlar ham qiziqish bildirmoqda.

“Daromad fayz omad” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 2017-yilda nefrologik, allergik kasalliklar va bosh miya insultini davolashga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etish uchun 5 gektar maydon ajratilgan edi. Ammo, tashabbuskor tomonidan 245 ta yangi ish o‘rni yaratish, 12 milliard so‘m sarmoya kiritish majburiyati yillar davomida bajarilmagan. Ayni paytda yer davlat egaligiga qaytarilgan bo‘lib, yangi loyiha asosida tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsad qilinmoqda.
Viloyat rahbari Janubiy Koreyadan kelgan investor “Hansalt” kompaniyalar guruhi raisi Vu Jik bilan muloqot o‘tkazdi. Kelgusi vazifalar, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Kiritilgan vaqti: 18/04/2025 14:16.   Ko‘rilganligi: 178
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyev-jomboy-tumanida-tibbiyot-turizmini-rivojlantirish-loyihasi-bilan-tanishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing