w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy majmuasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Viloyat hokimi Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy majmuasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Ayni paytda majmuada amalga oshirilayotgan so‘nggi pardozlash ishlari, binolarning ayrim qismlariga milliy va meʼmoriy bezaklar o‘rnatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Masʼullar bilan muloqot chog‘ida majmuaning har bir elementi yuqori sifat va belgilangan talablarga mos bo‘lishi lozimligi taʼkidlandi.
- Prezidentimiz tashabbusi bilan zamonaviy me’moriy uslubda, ulug‘ muhaddis olimning maqomiga munosib tarzda qayta barpo etilayotgan ushbu majmua Islom olamidagi yirik ziyorat maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Shu bois muqaddas qadamjodagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini puxta hamda sifatli amalga oshirish zarur,-dedi viloyat hokimi Adiz Boboyev.
Shuningdek, majmuani saqlash va hududini obodonlashtirish, xo‘jalik faoliyatini muntazam yaxshilab borish bo‘yicha tegishli masʼul belgilanib, bu yerda ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilmani zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Mazkur majmua nafaqat diniy-maʼnaviy ahamiyatga ega maskan, balki yurtimizda ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda ham muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Kiritilgan vaqti: 14/12/2025 18:05.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-payariq-tumanida-joylashgan-imom-buxoriy-majmuasida-olib-borilayotgan-ishlar-bilan-tanishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing