w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Indoneziyada yoshlar bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Indoneziyada yoshlar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi doirasida viloyat hokimi Adiz Boboyev ushbu mamlakatda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatning asosiy mavzusi yoshlarning salohiyatini oshirish va ularning viloyat rivojidagi o‘rni xususida bo‘ldi.
Adiz Boboyev talabalarning yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan qiziqib, bugungi kunda Samarqand xalqaro markazga aylanib borayotganini, unda zamonaviy dunyoqarash va xorijiy tajribaga ega mutaxassislarga talab yuqori ekanini ta’kidladi. Ochiq muloqot davomida viloyat hokimi yoshlarning Samarqandda joriy etish mumkin bo‘lgan innovasion yechimlari haqidagi takliflarini tingladi.
Xususan, ularning Indoneziyada kuzatgan AT, turizm xizmatlari ko‘rsatish va "yashil iqtisodiyot" sohalaridagi tajribalar xususidagi taklif va murojaatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlar bandligi masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat rahbari ta’limni yakunlagan yosh mutaxassislarning yurtimizga qaytganidan so‘ng o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda xorijda tahsil olayotgan yoshlarimiz Samarqand intellektual salohiyatining muhim qismiga aylanishi, ularning g‘oya va tashabbuslari viloyat rivojida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Kiritilgan vaqti: 07/04/2026 20:44.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-indoneziyada-yoshlar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing