w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi doirasida

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishi doirasida

Bozorlarni rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik idorasi rahbari Takeo Koike va 1-maslahat bo‘limi direktori Muhammad Azim Hoshimi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar Samarqand viloyatida qariyb 100 ta maktabgacha ta’lim muassasasini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish va rekonstruksiya qilish masalalarini muhokama qildilar.
Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida hududda qo‘shimcha o‘rinlar yaratiladi va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi sezilarli oshadi. Xususan, shu kunlarda viloyatdagi 43 ta mavjud maktabgacha ta’lim muassasasini to‘liq ta’mirlash uchun saralash ishlari olib borilayotgani ma'lum qilindi. Bundan tashqari, yangi qurilishlar uchun viloyat hokimligi tomonidan 80 ga yaqin maydonlar ruyxati taqdim etiladi.
Loyihaning amaliy bosqichlari ham aniq belgilangan. Unga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi choragida ikki bosqichli tender jarayonini boshlash, 2027-yilda esa tanlov g‘olibi bilan DXSh shartnomasini imzolash ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlarini 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev joylardagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi uchun zarur bo‘lgan aniq maydonlar ro‘yxatini shakllantirish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 05/05/2026 10:50.   Ko‘rilganligi: 119
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-adiz-boboyev-samarqand-shahrida-bolib-otayotgan-osiyo-taraqqiyot-banki-boshqaruvchilar-kengashi-59-yillik-yigilishi-doirasida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing