w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Adiz Boboyev qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xalqaro “FMWORLD Group” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyev qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xalqaro “FMWORLD Group” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda agrar sohada zamonaviy texnika va innovatsion yechimlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, traktorlar va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mashinalarini yetkazib berish, ularning texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda servis infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, hududda zamonaviy texnikalarni bosqichma-bosqich joriy etish va fermer xo‘jaliklarini ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar. Loyihalarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish zanjirini mahalliylashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 08/06/2026 14:25.   Ko‘rilganligi: 29
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-adiz-boboyev-qishloq-xojaligi-texnikalari-ishlab-chiqarishga-ixtisoslashgan-xalqaro-fmworld-group-kompaniyasi-rahbariyati-bilan-uchrashuv-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing