w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziyaning “BPI Danantara” tashkiloti rahbari o‘rinbosari hamda “PT PAL Indonesia” kompaniyasi bosh direktori Kaxaruddin Djenod Dayeng Manyambeang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Kaxaruddin Djenod Dayeng Manyambeang davlat kompaniyalari aktivlarini boshqarish, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat muhandisligi, raqamlashtirish hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.
Uchrashuvda viloyat rahbari hududning investitsiyaviy salohiyati, mavjud imkoniyatlari va istiqbolli loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni alohida ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Samarqand va Jakarta o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

Kiritilgan vaqti: 30/05/2026 12:18.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-hokimi-adiz-boboyev-indoneziya-delegatsiyasi-vakillari-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing