w w w . s a m a r k a n d . u z

Vengriya davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Samarqandga keldi

Vengriya davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Samarqandga keldi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashuvda Laslo Vindish O‘zbekistondagi islohotlar, xalqaro darajadagi ochiq va pragmatik tashqi siyosatni e’tirof etdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik va birodarlik aloqalariga hamda ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ikki mamlakatning qarash va yondashuvlari o‘xshash va yaqin ekanligi taʼkidlandi.
Oʻzbek va venger xalqlarini mushtarak tarixiy ildizlar, yaqin hamkorlik rishtalari bogʻlab turadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi har tomonlanma hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Laslo Vindish boshchiligidagi delagatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida oʻzbek-venger munosabatlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi,-dedi viloyat rahbari Adiz Boboyev.
Uchrashuvda Vengriya davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish qadimiy Samarqand unda katta tassurot qoldirgani, bu shahardagi tarixiylik va zamonaviylik aks etgan jihatlar vengriyalik sayyohlarni ham bekorga jalb etmasligini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim deya fikr bildirdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish ustida faol ishlashga tayyor ekanini bildirishdi.

Kiritilgan vaqti: 30/03/2025 18:17.   Ko‘rilganligi: 90
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/vengriya-davlat-audit-idorasi-raisi-laslo-vindish-boshchiligidagi-delegatsiya-azolari-samarqandga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing