w w w . s a m a r k a n d . u z

Ustozlar yo‘qlandi

Ustozlar yo‘qlandi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh faxriy murabbiylar xonadoniga borib, ularni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov xonadonida mehmon bo‘lgan viloyat rahbari ustozning ilm-ma’rifat sohasidagi va Samarqand viloyati hayotidagi xizmatlarini e’tirof etdi.
R. Xolmurodov "Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi' ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Adiz Boboyev Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori, akademik Diamat Abdukarimovni ham bayram bilan tabriklab, viloyat hokimligining sovg‘alarini topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik marhum Botirxon Valixo‘jayev xonadoniga borgan viloyat rahbari Adiz Boboyev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova olimning turmush o‘rtog‘i Xadicha Vafoyevani bayram bilan tabriklashdi. Suhbat davomida ilm-ma’rifat va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga umrini bag‘ishlagan faxriy ustozlar xizmatlari alohida tilga olindi.
– Bugungi e’tibordan juda xursandman. Davlatimiz va xalqimiz g‘amxo‘rligidan, mehnatlarimiz qadrlanib, biz kabi faxriylar e’zozlanayotganidan minnatdormiz, – dedi Xadicha Vafoyeva.
Ustoz va murabbiylar mehnatlari e’tirof etilib, yuksak ehtirom ko‘rsatilayotganidan mamnun bo‘lganliklarini bildirishdi.

Oxirgi o‘zgarish: 02/10/2025 12:45.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ustozlar-yoqlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing