w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgutga temiryo‘l tarmog‘i tortish ishlari boshlandi

Urgutga temiryo‘l tarmog‘i tortish ishlari boshlandi

Joriy yilning fevral oyidan boshlab viloyatning Samarqand shahri va Urgut tumanini bog‘lovchi temiryo‘l qurilishiga kirishilgan edi.

Uzunligi 55 kilometr bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etilmoqda.
Samarqand shahar hududidan boshlanuvchi yangi temiryo‘l tarmog‘i Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va ushbu daryo ustida barpo etiladigan ko‘prik orqali Urgut tumaniga boradi.
Bugun yangi temiryo‘l tarmog‘ini tortish ishlari boshlandi.
Temiryo‘l tarmog‘i tortish tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev yangi temiryo‘l tarmog‘i aholining uzog‘ini yaqin qilishi, turizm, savdo-sotiq va ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini yanada oshirishini ta’kidladi.
Mazkur temiryo‘l o‘tadigan 55 kilometr yo‘lning 25 kilometrida temiryo‘l tarmog‘i tortish uchun qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Shuningdek, ikkita vokzal qurilishi boshlangan bo‘lib, birinchisi Urgut shahrida, ikkinchisi Urgutning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Jartepa hududida bo‘ladi.

Oxirgi o‘zgarish: 12/05/2025 18:32.   Ko‘rilganligi: 122
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgutga-temiryol-tarmogi-tortish-ishlari-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing