w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgutdagi “Bahora” oromgohi: yozgi mavsumga tayyorgarlik nazoratda

Urgutdagi “Bahora” oromgohi: yozgi mavsumga tayyorgarlik nazoratda

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida joylashgan “Bahora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib, yozgi dam olish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, oromgoh hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida bir qator kamchilik va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Hududni yanada obodonlashtirish, bolalar yotoqxonalarida zarur qulayliklarni yaratish, shuningdek, oromgohga olib boruvchi yo‘lni tartibga keltirish va ayrim ichki maydon va yo‘laklarini asfaltlashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq va qat’iy topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, joriy yozgi mavsumda viloyat bo‘ylab 71 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida jami 21 ming 515 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Kiritilgan vaqti: 30/05/2026 13:14.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgutdagi-bahora-oromgohi-yozgi-mavsumga-tayyorgarlik-nazoratda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing