w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgutda yangi turizm loyihalari amalga oshiriladi

Urgutda yangi turizm loyihalari amalga oshiriladi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni hamda istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Dastlab viloyat rahbariga tumanning Qoratepa mahallasida joylashgan suv ombori sohilida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turizm ob’yektlari loyihasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur loyiha hududning tabiiy salohiyatidan unumli foydalanish, zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish hamda mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Viloyat hokimi ushbu hududda aholi bandligini ta’minlash, ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, loyihalarni puxta rejalashtirish va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kiritilgan vaqti: 30/05/2026 12:24.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgutda-yangi-turizm-loyihalari-amalga-oshiriladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing