w w w . s a m a r k a n d . u z

Urgut tumanida zamonaviy sihatgoh barpo etilmoqda

Urgut tumanida zamonaviy sihatgoh barpo etilmoqda

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida “Omonqo‘ton” mahallasida 1,4 gektar maydonda barpo etiladigan 200 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgoh loyihasi bilan tanishdi.

Mazkur loyiha hududning tabiiy-iqlim salohiyatidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Omonqo‘ton hududining toza havosi, musaffo tabiati va qulay iqlimi bu yerda tashkil etilayotgan sihatgohning jozibadorligini yanada oshiradi. O‘rganish jarayonida sihatgohda dam olish uchun keladiganlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, zarur infratuzilmani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritilgan vaqti: 30/05/2026 16:40.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/urgut-tumanida-zamonaviy-sihatgoh-barpo-etilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing