w w w . s a m a r k a n d . u z

Toyloqda asalarichilik festivali bo‘lib o‘tdi

Toyloqda asalarichilik festivali bo‘lib o‘tdi

Toyloq tumanida bu yil ilk bor tashkil etilgan asalarichilik festivalida keng jamoatchilik vakillari, tajribali asalarichilar ishtirok etdi.

Tadbirda tabiiy asal, propolis va boshqa mahsulotlar namoyish etilib, ularning tayyorlanish jarayonlari va foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Festival ishtirokchilari asalarichilar tajribasi va zamonaviy innovatsion usullar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir doirasida tajribali asalarichilar hamda mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda sohaning bugungi holati, istiqbollari va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
Festival davomida hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yoshlar bog‘i” tashkil etildi.
Tadbir doirasida turli hududlardan kelgan eng faol asalarichilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev asalarichilikning istiqbolli sohalardan biriga aylanayotganini, asal inson salomatligida muhim o‘rin tutadigan ne’matlardan biri ekanini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, festivalda faol ishtirok etganlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Shuningdek, “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” tashabbusi doirasidagi “Eng obod mahalla” va “Eng obod tashkilot” tanlovlari g‘oliblariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toyloq tumanidagi “Orzu Olim Dilmurod asallari” fermer xo‘jaligi rahbari Orifjon Ilyosovga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Orif bobo Asallari” tovar belgisi tantanali ravishda topshirildi.
Festival yakunida ushbu hududning ekologik turizmni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari taqdimot qilindi.

Kiritilgan vaqti: 15/11/2025 17:49.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/toyloqda-asalarichilik-festivali-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing