w w w . s a m a r k a n d . u z

“Tojikiston-2025” xalqaro ko‘rgazmasida samarqandlik tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda

“Tojikiston-2025” xalqaro ko‘rgazmasida samarqandlik tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Tojikiston-2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazma Tojikiston Respublikasi Hukumati ko‘magida Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi. Unda Tojikiston, O‘zbekiston, Eron, Rossiya, Pokiston, Belarus, Hindiston, Saudiya Arabistoni va Xitoyning 60 dan ziyod nufuzli mahalliy va xorijiy kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmada Samarqand viloyati hokimligi vakillari hamda ishbilarmonlari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur ko‘rgazma nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy kompaniyalarni birlashtirgani, balki konstruktiv muloqot, tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun maydon bo‘lib xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rgazma doirasida samarqandlik tadbirkorlar xorijiy kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlik shartnomalarini imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Tojikiston-2025” xalqaro ko‘rgazmasi joriy yilning 15-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Kiritilgan vaqti: 14/11/2025 08:36.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tojikiston-2025-xalqaro-korgazmasida-samarqandlik-tadbirkorlar-ham-oz-mahsulotlarini-namoyish-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing