O‘zbek tili bayrami Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to’lishi hamda O’zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi, oliy o’quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi.
Tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar tilimizning qadr-qimmati haqida gapirib, yig’ilganlarni bayram bilan tabriklashdi.
Shuningdek, tadbirda viloyatimizda o’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirishdagi faolligi uchun bir guruh ziyolilar viloyat hokimligining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.
Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari, turli millatga mansub yoshlar o’zbek tilida she’rlar o’qidi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahna ko’rinishi namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.