w w w . s a m a r k a n d . u z

Tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

Tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyat hokimligida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda tibbiyot sohasida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan faxriylar, shifokorlar va hamshiralar, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanganini taʼkidladi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli malakali tibbiy xizmatlar tizimi har bir mahalla va xonadonga kirib borayotgani qayd etildi.
— Bugun Oʻzbekiston tibbiyotida mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslangan islohotlar olib borilmoqda. Barcha saʼy-harakatlarning bosh maqsadi — xalqni rozi qilish, ularning salomatligini saqlashdan iboratdir, — dedi viloyat rahbari.
Tadbir yakunida bir guruh tibbiyot xodimlariga sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni va tashakkurnomasi hamda viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 08/11/2025 15:39.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tibbiyot-xodimlariga-ehtirom-korsatildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing