w w w . s a m a r k a n d . u z

Temiryo‘l orti hududida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Temiryo‘l orti hududida amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Samarqand shahrining Temiryo‘l orti hududida Renovatsiya dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dasturga muvofiq, mazkur hududda 3 mingga yaqin eskirgan uy-joylar o‘rnida 100 ming nafar aholi yashashi uchun mo‘ljallangan zamonaviy ko‘p xonadonli uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda barcha zarur infratuzilma inshootlari barpo etilmoqda.
Hududda olib borilayotgan ishlar viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirokida o‘tkazilgan taqdimotda atroflicha muhokama qilindi. Unda qurilish tashkilotlari mas’ullari, arxitektorlar va loyihachilar ishtirok etib, massivning zamonaviy qiyofasini shakllantirish maqsadida loyihalarni takomillashtirish, aholi uchun qulay sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Taqdimot davomida binolar joylashuvidan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rejalashtirish, qurilish ishlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, hududning me’moriy qiyofasini yaxshilash, ko‘p qavatli turar-joylar qurilishida aholining ehtiyojlari va talablari inobatga olinishi muhimligi ta’kidlandi.
Muhokama yakunida Temiryo‘l orti hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Oxirgi o‘zgarish: 15/12/2025 18:55.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/temiryol-orti-hududida-amalga-oshirilayotgan-qurilish-obodonlashtirish-ishlari-muhokama-qilindi1

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing