w w w . s a m a r k a n d . u z

Tayinlov

Tayinlov

Ochilov Xurshid Abdurashidovich Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

X.Ochilov Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Jizzax davlat pedagogika instituti va 2010-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos. Falsafa fanlari doktori (PhD).
U faoliyati davomida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Vazirlar Mahkamasida bir qator mas’uliyatli lavozimlarda, shuningdek, 2020-2024-yillarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
Izoh: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari bir vaqtning o‘zida hududiy xalq qabulxonalari mudirlari hisoblanadi.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2026 19:06.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/tayinlov

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing