Samarqand shahrida soliq qonunchiligidagi yangiliklarni aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda bu savollarga javob topildi.
Unda Coliq qo‘mitasi mas’ullari 2023 yil 28 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida tadbirkorlarga batafsil ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Soliq kodeksining 100-moddasidagi o‘zgartirishga ko‘ra, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlariga kameral soliq tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi. Kodeksning foyda solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi 340-moddasida foyda solig‘i bo‘yicha har oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘lanadigan bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshirilishi belgilandi.
– O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida 100 million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliqqa tortiladi, - deydi viloyat soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i B.Soliyev. - Bunda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni Soliq kodeksida belgilangan tartibda to‘laydi. Bir xil faoliyat turlarini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatidan ro‘yxatdan o‘tganlar umuman soliq to‘lamay, lekin xuddi shu faoliyatni amalga oshiruvchi YaTTlar soliq to‘lar edi. Misol uchun, Samarqand tumanida milliy non va patirni tayyorlash, sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Z.Omonova 2023 yil yanvar-avgust oylarida 817,7 million so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirgan. Xuddi shunday faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkor ushbu miqdordagi tovar aylanmadan 4 foizli stavkada 33 million so‘m aylanmadan olinadigan soliqni to‘laydi. Mazkur o‘zgarish yakka tartibdagi tadbirkor va o‘z-o‘zini band qilgan shaxslarga soliq solishda teng sharoit yaratadi.
Seminarda ishtirokchilar soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tayyorlangan targ‘ibot materiallari bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.