w w w . s a m a r k a n d . u z

Singapurlik investor Samarqandda besh yulduzli mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda

Singapurlik investor Samarqandda besh yulduzli mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda singapurlik investor Kan Singx Kapoor Samarqandda zamonaviy qulayliklarga ega, 

shu bilan birga YUNESKOning binolar balandligi bo‘yicha cheklovlariga qat’iy rioya qiluvchi besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasini taklif etdi.
Loyihani amalga oshirish uchun 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilinadi. Mehmonxona majmuasi «Singapur – Samarqand» qo‘shma korxonasi hududida qurilishi rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari taklif bilan tanishib chiqqach, mas’ullarga loyiha hujjatlarini puxta o‘rganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi. Loyiha bo‘yicha yakuniy qaror Shaharsozlik kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi.
Viloyat hokimi investorga amaldagi qonunchilik doirasida har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirib, mazkur loyihaning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Kiritilgan vaqti: 22/08/2025 14:35.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/singapurlik-investor-samarqandda-besh-yulduzli-mehmonxona-qurishni-rejalashtirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing