Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi haqida oldin xabar bergan edik.
Kecha, 29-mart kuni Shinjon tibbiyot universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlikning ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritib, kelgusida istiqbolli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Uchrashuv so‘ngida Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga «Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori» unvoni topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.