w w w . s a m a r k a n d . u z

Shinjon tibbiyot universiteti rektoriga SamDTU faxriy professori unvoni berildi

Shinjon tibbiyot universiteti rektoriga SamDTU faxriy professori unvoni berildi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligi haqida oldin xabar bergan edik. 

Kecha, 29-mart kuni Shinjon tibbiyot universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zaro hamkorlikning ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritib, kelgusida istiqbolli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Uchrashuv so‘ngida Shinjon tibbiyot universiteti rektori Haji Akber Aisaga «Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori» unvoni topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 30/03/2024 09:08.   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/shinjon-tibbiyot-universiteti-rektoriga-samdtu-faxriy-professori-unvoni-berildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.