w w w . s a m a r k a n d . u z

Shimoliy-Sharqiy Osiyo davlatlari hududiy ma’muriyatlari uyushmasi bilan hamkorlik qilinadi

Shimoliy-Sharqiy Osiyo davlatlari hududiy ma’muriyatlari uyushmasi bilan hamkorlik qilinadi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Shimoliy-Sharqiy Osiyo davlatlari hududiy mamuriyatlari uyushmasi rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Samarqand viloyati delegatsiyasi a’zolariga uyushma faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. 1996-yilda tashkil etilgan ushbu uyushmaga Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya Respublikasi, Mo‘g‘uliston, KXDR va Rossiya Federatsiyasining 82 ta hududiy ma’muriyati a’zo bo‘lib, ushbu hududlarda yashovchi umumiy aholi soni 700 million nafarni tashkil etadi.
Uyushma shuningdek, Yevropa Hududlari Assambleyasi, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy harakatlar xalqaro tashkiloti va Barqarorlik uchun mahalliy hokimliklarning xalqaro assotsiatsiyasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda.
Tashkilot tenglik va adolat tamoyillariga asoslanib, boshqaruv, iqtisodiyot va madaniyat kabi barcha sohalarda almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish orqali Shimoliy-Sharqiy Osiyoning umumiy rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Muloqotda Samarqand viloyati bilan hamkorlik o‘rnatish va bu jarayonda yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Kiritilgan vaqti: 23/07/2025 10:30.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/shimoliy-sharqiy-osiyo-davlatlari-hududiy-mamuriyatlari-uyushmasi-bilan-hamkorlik-qilinadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing