w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandlik o‘qituvchilarga mukofotlar topshirildi

Samarqandlik o‘qituvchilarga mukofotlar topshirildi

Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi" binosida  Prezidentimizning "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, 

bir guruh samarqandlik o‘qituvchilarga davlat mukofotlari topshirildi. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev barcha ustoz-murabbiylarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy maktablar va bog‘chalar barpo etilmoqda.
- Amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami keng, hali bu yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham ko‘p. Birgalashib taʼlim sifatini oshirib borsak, albatta yetuk, barkamol avlodni shakllantirgan bo‘lamiz,- dedi Adiz Boboyev.

Kiritilgan vaqti: 15/09/2025 09:22.   Ko‘rilganligi: 181
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandlik-oqituvchilarga-mukofotlar-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing