w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandlik maktab bitiruvchisi O‘zbekistondagi eng yosh IELTS 9,0 sohibiga aylandi

Samarqandlik maktab bitiruvchisi O‘zbekistondagi eng yosh IELTS 9,0 sohibiga aylandi

2004 yilda tug‘ilgan Samarqand shahar 43-IDUM bitiruvchisi Suhrob Murodov IELTS imtihonida eng yuqori natija ko‘rsatib

– 9,0 ballni qo‘lga kiritdi va IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritgan eng yosh (19 yosh)  O‘zbekistonlikka aylandi.

Suhrob Murodov 2021 yil martida allaqachon mavqeyi IELTSdan kam bo‘lmagan C2 Proficiency imtihonini topshirib IELTS 9,0 ga teng bo‘lgan natija qayd etgandi.  

- IELTS imtihonidan 9,0 ball olish qiyindek ko‘rinishi mumkin, lekin hozirgi kunda xorijiy tillar, jumladan, ingliz tilini o‘rganishga berilayotgan e’tibor biz kabi yoshlarning til o‘rganishga ishtiyoqimizni oshirib bormoqda, - deydi Suxrob Murodovning o‘zi.  

Xalqaro ekspert, O‘zbekistondan birinchi bo‘lib Kembridj Universitetining DELTA (Diploma of English Language Teaching to Adults)ni qo‘lga kiritgan Muhammadxon Soliyevning aytishicha hozirgi kunda odatda faqatgina xorijiy til o‘qituvchilari va IELTS instruktorlarigina S2 yoki IELTS 9,0 ball oladi. Suhrob 11-sinf maktabda o‘qigan paytidayoq S2 hamda hali o‘zi talaba bo‘la turib, IELTSdan bunaqa yuqori natijalarni qayd etgani quvonarli hol. O‘ylaymanki, yaqin orada Suhrobga o‘xshagan yoshlarimiz soni oshadi.


Kiritilgan vaqti: 03/01/2024 10:49.   Ko‘rilganligi: 193
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandlik-maktab-bitiruvchisi-ozbekistondagi-eng-yosh-ielts-90-sohibiga-aylandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.