w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomini berish masalasi muhokama qilindi

Samarqandga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomini berish masalasi muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning Jahon hunarmandlar kengashi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimligi vakillari mehmonlarni Samarqandning boy tarixi, hunarmandchilik an’analari hamda mahalliy ustalarning faoliyati bilan tanishtirdilar. Ayniqsa, Samarqandda hunarmandlar markazini tashkil etish rejalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Mazkur markaz hunarmandlar uchun yashash, ijod qilish va tajriba almashish maydonchasiga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Muhokamaning asosiy mavzusi esa Samarqandga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomini berish masalasi bo‘ldi.
Jahon hunarmandlar kengashi delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining hunarmandchilik salohiyatiga yuksak baho berdilar. Ular mahalliy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdilar.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari hududdagi hunarmandlar ustaxonalariga borib, o‘ziga xos mahalliy san’at namunalari bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Kiritilgan vaqti: 24/09/2025 18:26.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandga-jahon-hunarmandlar-shahri-maqomini-berish-masalasi-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing