w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqanddagi “RK-2” markaziy qozonxonasi ishga tushirildi

Samarqanddagi “RK-2” markaziy qozonxonasi ishga tushirildi

Samarqand shahrining “Sartepa”, “Sug‘diyona” va “Mikrorayon” hududlarida keyingi 20 yil mobaynida issiqlik tizimi ishlamagan. Bu esa qish mavsumida aholiga qiyinchiliklar tug‘dirib kelayotgan edi.

“RK-2” markaziy qozonxonasidagi rekonstruksiya ishlari, xususan, 39,4 km uzunlikdagi teng qobiqli issiqlik quvurlarini yotqizish, shuningdek, umumiy quvvati 100 Mvt bo‘lgan 3 ta zamonaviy qozonxona (2 ta — 30 Mvt, 1 ta — 40 Mvt) qurilishi natijasida 22 ta ijtimoiy soha obyekti, 381 ta ko‘p qavatli uy va ulardagi 19 250 ta xonadonni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shu tariqa 53 046 nafar aholi barqaror va samarali issiqlik ta’minotiga ega bo‘ldi. Xonadonlarni issiqlik tizimiga ulash ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari bugun ushbu qozonxonada amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirdilar.
Mutasaddilar ishtirokida qayta rekonstruksiya qilingan qozonxona ishga tushirildi.
Adiz Boboyev issiqlik ta’minoti yetkazib beriladigan ushbu hududdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari vakillari hamda masʼullar bilan suhbatlashib, xonadonlarni issiqlik tizimiga ulash ishlarini davom ettirish yuzasidan topshiriq berdi va ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Kiritilgan vaqti: 14/12/2025 17:45.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqanddagi-rk-2-markaziy-qozonxonasi-ishga-tushirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing