w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Yosh mobilograflar maktabi” va “SMM maktab” loyihalari bitiruvchilari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi

Samarqandda “Yosh mobilograflar maktabi” va “SMM maktab” loyihalari bitiruvchilari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazi, 

viloyat hokimligi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yirik korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar, OAV xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda zamonaviy media kasblariga bo‘lgan talab, yoshlarni SMM, mobilografiya va raqamli kontent yaratishga o‘rgatish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Taqdimot davomida loyiha tinglovchilari tomonidan tayyorlangan media mahsulotlar namoyish etildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar viloyatda 200 nafarga yaqin SMM mutaxassisi va 100 nafardan ortiq mobilograf tayyorlanib, ularning aksariyati media sohasida o‘z faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan ish beruvchilar va tadbirkorlar yosh mutaxassislarning ijodiy ishlari bilan tanishib, ularni ishga taklif qilishdi.
Yakunda “Yosh mobilograflar maktabi” va “SMM maktab” loyihalarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 10/08/2026 20:58.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yosh-mobilograflar-maktabi-va-smm-maktab-loyihalari-bitiruvchilari-ishtirokida-taqdimot-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing