w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Samarqandda yirik investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Rossiyaning “Bitum” kompaniyasi ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazib, istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

Uchrashuvda hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, “Bitum” kompaniyasi tomonidan viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, yangi texnologiyalarni joriy etish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ushbu tashabbuslarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini oshirish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashdagi o‘rnini ta’kidladilar.
Muloqot chog‘ida viloyatda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari investitsiya loyihalarini amalga oshirishda zarur yordam ko‘rsatilishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Kiritilgan vaqti: 08/06/2026 10:46.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-yirik-investitsiya-loyihalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing