Samarqandda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum boshlandi.
Unda 20 dan ortiq davlatdan 40 ga yaqin xorijiy mehmonlar - Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Bosh kotibiyati, ITH Ayollar taraqqiyoti tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va tuzilmalari mutasaddilari hamda ITHga a’zo davlatlarning oila va xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari rahbarlari, hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyevaning videomurojaati tinlandi.
Tadbirda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining gumanitar, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari doktor Tarig Ali Baxit, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova so‘zga chiqdi.
Forum oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha Islom Hamkorlik Tashkiloti davlatlarining o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.