w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Ta’lim va kasb ” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Ta’lim va kasb ” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Ta’lim va kasb” xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - yoshlarning kasb tanlovi, ta’limdagi yo‘nalishini aniqlash, o‘z iste’dod va qiziqishlariga mos sohani topishlariga ko‘maklashishdan iboratdir.
Tadbir o‘quvchilar, abituriyentlar va yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Tadbirda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, shuningdek, qator davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda 15 dan ortiq xorijiy davlatlar universitetlari o‘z ta’lim dasturlari, grant loyihalari hamda xalqaro almashinuv imkoniyatlarini taqdim etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar va abituriyentlar uchun maxsus maslahat burchaklari tashkil etilib, ularga o‘qish, til o‘rganish, xorijda ta’lim olish hamda zamonaviy kasblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Kiritilgan vaqti: 13/10/2025 19:50.   Ko‘rilganligi: 302
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-talim-va-kasb-xalqaro-korgazmasi-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing