w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Salomatlik marafoni start oldi

Samarqandda Salomatlik marafoni start oldi

Tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan Salomatlik marafoni Samarqandda davom etmoqda.

Nukus shahrida boshlangan mazkur loyiha doirasida qadimiy va navqiron Samarqandda yashovchi barcha yurtdoshlarimizni qamrab olish maqsad qilingan.
Marafon doirasida shu yilning 17-noyabrdan 17-dekabrgacha oilaviy poliklinikalar, viloyat va respublika darajasidagi yetakchi shifokorlar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan aholining barcha qatlamlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tekshiruvlar yakunlari DMED yagona elektron axborot tizimiga kiritilib, kelgusida fuqarolar salomatligi doimiy monitoring asosida yuritiladi. Bu esa kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, ularning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Marafon boshlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, ushbu tashabbusning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Viloyat rahbari keng qamrovli tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini saqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish va tibbiy madaniyatni oshirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Salomatlik marafoni davomida nafaqat tibbiy ko‘riklar, balki sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va kasalliklarni oldini olish bo‘yicha turli maslahatlar ham berilishi rejalashtirilgan. Aholi uchun ushbu imkoniyatlar mutlaqo bepul taqdim etilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday loyihalar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim qadam bo‘lib, fuqarolarda o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kiritilgan vaqti: 17/11/2025 11:21.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-salomatlik-marafoni-start-oldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing