w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda Rossiya sarmoyasi asosida 99 ta korxona faoliyat yurityapti

Samarqandda Rossiya sarmoyasi asosida 99 ta korxona faoliyat yurityapti

26-27 may kunlari yurtimizga davlat tashrifini amalga oshirgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin «O‘zbekiston bizning strategik hamkorimiz, ishonchli ittifoqchimiz», deya ta’kidladi.

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari uch soat davom etdi. Muzokaralar davomida Rossiya O‘zbekiston bilan kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi savdo vakolatxonasi ochilishi belgilandi. Davlatlar o‘rtasida gaz tashish tizimini modernizatsiya qilish, gaz, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish, uglevodorodlarni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xavfsizlik, migratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt kabi qator muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.
Viloyatimiz va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yil va 2024 yilning birinchi choragida 861,4 million dollar (eksport 300,5 million dollar, import 560,9 million dollar)ni tashkil etdi.
Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, viloyatimizda Rossiya davlati bilan hamkorlikda 99 ta, shundan 49 ta qo‘shma korxona va 50 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2023 yilda Rossiya davlatidan 36,2 million dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish natijasida 1 ta loyiha ishga tushirilib, 80 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Hozirgi kunda Rossiya davlati bilan hamkorlikda 36 million dollarlik yangi 5 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu loyihalar ishga tushishi natijasida mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Kiritilgan vaqti: 28/05/2024 12:12.   Ko‘rilganligi: 222
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-rossiya-sarmoyasi-asosida-99-ta-korxona-faoliyat-yurityapti

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.