w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda nufuzli forum boshlandi

Samarqandda nufuzli forum boshlandi

“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi global forum ish boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamda BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan nufuzli anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga murojaatini Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.
Murojaatda mamlakatimizda narkojinoyatlarga qarshi kurashish va bu illatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, giyohvandlikninn barvaqt oldini olish, samarali davolash, narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida 50 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinayotgani qayd etilgan. Shuningdek, bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Forumda BMT narkotiklar va jinoyatlar bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Bo Matiasen so‘zga chiqdi.
Forumda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti hamda boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va 500 dan ko‘proq xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislari qatnashmoqda.

Kiritilgan vaqti: 20/04/2026 11:30.   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-nufuzli-forum-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing