w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda kommunal soha xodimlari munosib taqdirlandi

Samarqandda kommunal soha xodimlari munosib taqdirlandi

18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov hamda bosh boshqarma boshlig‘i Bahodir Negmatov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlarning fidokorona mehnatlarini e’tirof etdi.



Tadbirda tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari, boshqaruv servis kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari hamda soha faxriylari qatnashdi.

Marosimda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari, viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 18/04/2026 19:21.   Ko‘rilganligi: 41
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-kommunal-soha-xodimlari-munosib-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing