


18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov hamda bosh boshqarma boshlig‘i Bahodir Negmatov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlarning fidokorona mehnatlarini e’tirof etdi.

Tadbirda tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari, boshqaruv servis kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari hamda soha faxriylari qatnashdi.
Marosimda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari, viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.