w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Kasblar festivali” tashkil etildi

Samarqandda “Kasblar festivali” tashkil etildi

Samarqand shahrida 5-may — "Kasb va mehnat kuni" munosabati bilan “Kasblar festivali” o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlashdagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishtirish imkonini yaratdi.
Festivalda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi. Bugungi kunda zamonaviy kasblarni egallash, malakali kadr bo‘lib yetishish har bir yoshning oldida turgan ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Viloyatda bugungi kunda 60 ta texnikum faoliyat yuritib, ularda 130 dan ortiq zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ushbu tadbir ana shu imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarni o‘z qiziqish va qobiliyatlariga mos ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishga xizmat qildi. Tadbir doirasida 20 dan ortiq zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha ko‘rgazmalar va amaliy namoyishlar tashkil etildi.
Festivalda ishtirokchilarga turli sohalar — sanoat, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, tibbiyot hamda tadbirkorlik yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Festival davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kasblar bo‘yicha mutaxassislar bilan bevosita suhbatlashdi. Bunday tadbirlar ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.

Kiritilgan vaqti: 08/05/2026 10:38.   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-kasblar-festivali-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing