w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi tantanali nishonlandi

Samarqandda kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi tantanali nishonlandi

Samarqand shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda viloyatdagi kasaba uyushmasi faollari, mehnat faxriylari hamda turli sohalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari a’zolari va faxriylarni bayram bilan tabrikladi. Viloyat rahbari inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish ijtimoiy davlatning eng muhim tamoyillaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Bugungi kunda viloyatda 4212 ta kasaba uyushma tashkiloti faoliyat yuritib, 800 mingga yaqin xodim va talaba yoshlarni o’z atrofiga birlashtirgan. Kasaba uyushmalari ularning mehnat, ijtimoiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishda, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tadbirda soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mehnat fidoyilariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil” esdalik ko‘krak nishonlari hamda viloyat hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 08/11/2025 11:55.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-kasaba-uyushmalari-tashkil-etilganligining-120-yilligi-tantanali-nishonlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing