3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Vatanparvar” tashkiloti navbatdagi xayrli ishga qo‘l urdi.
Tashkilotning Samarqand viloyati kengashi tasarrufidagi “Afrosiyob” O‘quv sport texnika klubida O‘zbekiston Kar-soqovlar jamiyati hududiy bo‘limining 24 nafar a’zosini haydovchilikka o‘qitish boshlandi.
Endilikda ushbu fuqarolar 4,5 oy davomida O‘quv sport texnika klubining avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kursida “B” toifasi bo‘yicha saboq oladilar. Ularga nazariy va amaliy darslarni o‘zlashtirishda o‘qituvchi va instruktorlardan tashqari surdo-tarjimon yordam berib boradi.
Mashg‘ulotning birinchi kunida O‘zbekiston Kar-soqovlar jamiyati Samarqand viloyati bo‘limi raisi Dilshod Tuyg‘unov “Vatanparvar” tashkiloti jamoasiga ushbu xayrli ish uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va haydovchilikni o‘rganish arafasida turgan fuqarolarni hayotlaridagi muhim voqelik bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.