w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda hokim va yoshlar uchrashuvi: tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi

Samarqandda hokim va yoshlar uchrashuvi: tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand tumanidagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbir avvalida iqtidorli yoshlarning startap loyihalari, ijodiy ishlari hamda sportdagi yutuqlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Unda qatnashchilar o‘z innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini namoyish etib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarini bildirdilar. Bu esa hududda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Shundan so‘ng tashkil etilgan ochiq muloqotda yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar tinglandi. Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Viloyat hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, dolzarb muammolarga tezkor yechim topish hamda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslariga quloq tutish, eng muhimi, yoshlar ko‘targan masalalarni joyida hal etish imkonini yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Kiritilgan vaqti: 07/05/2026 23:05.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-hokim-va-yoshlar-uchrashuvi-tashabbuslar-qollab-quvvatlanadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing