w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Chexiyaning “Praktik system” kompaniyasi rahbari Petr Linhart bilan uchrashdi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Chexiyaning “Praktik system” kompaniyasi rahbari Petr Linhart bilan uchrashdi

Muloqotda elektron va plastik chiqindilarni qayta ishash loyihasi muhokama etildi.

Petr Linhart rahbarlik qiladigan kompaniya dunyoning yigirma to`rtta davlatida elektron va plastik chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalariga ega.

Ushbu korxonalarda muzlatgichlar, sovutish va muzlatish moslamalari, kir va idishlarni yuvish mashinalari va mikroto'lqinli pechlar, changyutgichlar, elektron choynaklar va boshqa shu turdagi maishiy elektron jihozlarni ekologik jihatdan qayta ishlash va utilizatsiya ishlari olib boriladi.

Kompaniya vakillari Samarqandda ham ana shunday korxona qurishga investitsiya kiritmoqchiliklarini bildirishdi. Viloyat rahbari chiqindilarni qayta ishlash va boshqarish masalasiga alohida eʼtibor berilayotganligi xususida to`xtalib, investorga qonun doirasida amaliy ko`mak ko`rsatilishini bildirdi.


Oxirgi o‘zgarish: 19/02/2025 16:43.   Ko‘rilganligi: 34
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-elektron-va-plastik-chiqindilarni-qayta-ishlash-korxonasi-tashkil-etilishi-rejalashtirilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing