w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi

Samarqandda ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligida Respublika maxsus komissiyasining viloyatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lishining oldini olish hamda sanitariya xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, viloyatning 16 ta tuman va shaharlarida chiqindilar bilan bog‘liq 4 085 ta huquqbuzarlik aniqlanib, qoidabuzarlarga nisbatan 2,7 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. Shuningdek, hududlardan 130 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqilgan.
Yig‘ilishda mahallalarda chiqindi yig‘ish konteynerlarini ko‘paytirish, maxsus texnikalar faoliyatini kuchaytirish va obodonlashtirish ishlarini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Joriy yilda 22 ta maxsus texnika va 200 dan ortiq chiqindi yig‘ish qutilari xarid qilingani ham ma’lum qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahrida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga hududlarda sanitariya va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Kiritilgan vaqti: 21/08/2026 21:51.   Ko‘rilganligi: 413
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-ekologik-vaziyatni-yaxshilash-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing