w w w . s a m a r k a n d . u z
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev O`zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Kamilov hamda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan uchrashdi.
Muloqotda viloyatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi bajarilishi lozim bo`lgan masalalari ko‘rib chiqildi. Samarqand viloyati yakkakurash sport turlari, xususan dzyudoda potensiali yuqori hisoblanadi. Oʻtgan
yillar davomida viloyat dzyudochilarining qoʻlga kiritgan yutuqlari buni tasdiqlaydi.
2024-yilda viloyat sportchilari respublika musobaqalarida 54 ta oltin, 15 ta kumush, 23 bronza meddalarini qo`lga kiritgan. Xalqaro turnilarda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 bronza meddalar sohibi bo`lgan. Ushbu natijalar bilan chegaralanib qolmay, viloyatda dzyudoni yanada rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish zarur, dedi viloyat rahbari.
Viloyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va sportning ommaviyligini oshirish orqali sportning barcha turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb etish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni davomiy bo`lishi kerakli, bunda O`zbekiston dzyudo federatsiyasining ko`maki muhim ekanligini Adiz Boboyev alohida qayd etib o`tdi.
Uchrashuvda sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda viloyat federatsiyaning texnik ko‘magini kengaytirish, iqtidorlarni saralashning samarali mexanizmini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.