w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda "DXX kubogi"ning mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida respublika bosqichi sovrindorlari tantanali kutib olindi

Samarqandda "DXX kubogi"ning mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida respublika bosqichi sovrindorlari tantanali kutib olindi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida futbol va mini-futbol bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining respublika bosqichida 

Samarqand viloyati sharafini munosib himoya qilgan Jomboy tumani “Nafis” qizlar jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun Samarqand temir yo‘l vokzalida jamoa qizlari tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda Samarqand viloyati sport boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat futbol assotsiatsiyasi hamda Jomboy tumani hokimligi vakillari, murabbiylar, sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, bu natija viloyatda xotin-qizlar futbolini yanada rivojlantirish, mahallalarda yoshlarning sportga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritilgan vaqti: 24/08/2026 19:40.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-dxx-kubogining-mini-futbol-boyicha-qizlar-ortasida-respublika-bosqichi-sovrindorlari-tantanali-kutib-olindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing