w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda “Do‘stlik bog‘i” tashkil etildi

Samarqandda “Do‘stlik bog‘i” tashkil etildi

“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Yashil makon” dasturi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining viloyat bo‘limi vakillari hamda viloyatimizdagi 480 ga yaqin jamoat tashkilotlari, noislomiy diniy tashkilotlar va milliy madaniy markazlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 1500 tupdan ortiq kuzgi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus, avvalo, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, atrof-muhitni asrash hamda hududlarni yanada obod va ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shadi. Qolaversa, ekologik muvozanatni tiklash, havo sifatini yaxshilash, yozgi salqinlikni ta’minlash va tuproq eroziyasini oldini olishga ham xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 15/10/2026 19:40.   Ko‘rilganligi: 34
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-dostlik-bogi-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing