


“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Yashil makon” dasturi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining viloyat bo‘limi vakillari hamda viloyatimizdagi 480 ga yaqin jamoat tashkilotlari, noislomiy diniy tashkilotlar va milliy madaniy markazlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida 1500 tupdan ortiq kuzgi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Mazkur tashabbus, avvalo, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, atrof-muhitni asrash hamda hududlarni yanada obod va ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shadi. Qolaversa, ekologik muvozanatni tiklash, havo sifatini yaxshilash, yozgi salqinlikni ta’minlash va tuproq eroziyasini oldini olishga ham xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.