w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda bir guruh qurilish sohasi vakillari taqdirlandi

Samarqandda bir guruh qurilish sohasi vakillari taqdirlandi

2017-yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Samarqandda ham quruvchilarning kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi va soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

Tadbirda samarali mehnati, soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va fidokorona xizmatlari uchun bir guruh soha vakillariga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

- So‘nggi besh yilda birgina tumanimizda o‘nlab ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar bunyod etildi, deydi - Paxtachi tumani qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi Muslima Sadinova. – Albatta, bularning barchasi aholining ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda. Bugun hamkasblarim qatorida sohadagi mehnatlarim e’tirof etilganidan xursandman va sohada mehnat qilishdan charchamayman.


Oxirgi o‘zgarish: 12/08/2024 17:27.   Ko‘rilganligi: 183
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-bir-guruh-qurilish-sohasi-vakillari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.