w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda

Samarqandda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi Xotira maydonida tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat hokimligi mas'ullari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev boshchiligida tadbir qatnashchilari Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yib, yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlar xotirasini hurmat bilan xotirladilar.
Ta’kidlanganidek, insoniyat tarixidagi eng og‘ir sinovlardan biri bo‘lgan Ikkinchi jahon urushida Samarqanddan 152 mingdan ortiq kishi frontga safarbar etilgan. Ularning 73 ming nafari ona yurtiga qaytmagan.
Mazkur sana xalqimizning matonati, jasorati va fidoyiligini yana bir bor yodga solib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritilgan vaqti: 08/05/2026 15:11.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-9-may-xotira-va-qadrlash-kuni-keng-nishonlanmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing