w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda 800 örinli zamonaviy tibbiyot majmuasi quriladi

Samarqandda 800 örinli zamonaviy tibbiyot majmuasi quriladi

Samarqand şahridagi sobiq "Havasi" deb nomlanadigan şifoxona binosi örnida 800 örinli köp tarmoqli zamonaviy tibbiyot muassasasi barpo etiladi.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan mazkur yirik loyiha quriliş işlari Yaponiyaning "Sojitz Corporation" korporatsiyasi hamda Turkiyaning "Renesans International" kompaniyasi hamkorligida olib boriladi.
Loyihani amalga oşirişga tayyorgarlik jarayonlari viloyat hokimi Adiz Boboyevning "Sojitz Corporation" boş direktori Maçida Yasaxide bilan uçraşuvida muhokama qilindi. Unda quriliş maydonini tayyorlaş, quriliş işlarini boşlaş hamda taşkiliy masalalarni hal etiş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida mavjud muammolarni bartaraf etiş va işlarni jadallaştiriş böyiça mas’ullar belgilandi. Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Zamonaviy tibbiyot infratuzilmasini yaratiş bilan bir qatorda, xalqaro tajribani jalb etgan holda tibbiyot mutaxassislarining malakasini oşiriş va ularni tayyorlaş ham közda tutilgan.
Şuningdek, kelgusida Urgut, Pastdarğom va Kattaqörğon tumanlarida ham yangi tibbiyot muassasalarini barpo etiş rejalaştirilgan.

Kiritilgan vaqti: 17/11/2026 22:36.   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-800-rinli-zamonaviy-tibbiyot-majmuasi-quriladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing